2018 yil 11 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi işçi guruhining “Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik rivojlantirilişiga qaratilgan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini muhokama etişga bağişlangan yiğilişi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 avgust kuni qabul qilingan mazkur Qonunning maqsadi iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarini yanada takomillaştirişdan iborat.
Jumladan, Qonunda “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga banklar tomonidan mikroqarz beriş normasini mustahkamlovçi qöşimça kiritiş nazarda tutilmoqda.
Bundan taşqari, “Mikromoliyalaş töğrisida”gi va “Mikrokredit taşkilotlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunlari yangi norma bilan töldirilmoqda. Unga köra, mikromoliyaviy xizmatlar körsatiş şartnomalari böyiça yillik qarz miqdorining yarmidan köpini taşkil etadigan summada foizlar hisoblaş, vositaçilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undiriş, javobgarlikning boşqa çoralarini qöllaş taqiqlanadi.
Şuningdek, litsenziya talab qiladigan faoliyat turlari toifasidan ayrim faoliyat turlarini hamda tegişli litsenziyalanadigan faoliyat turlari nomlarining bir qismini çiqarib taşlaş nazarda tutilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 275-moddasi yangi qoidalar bilan töldirilmoqda. Ularga muvofiq deklarant bojxona rasmiylaştiruvi böyiça operatsiyalarni bajariş uçun bojxona nazorati zonasiga kiriş, bojxona masalalari böyiça bojxona organlaridan axborot va maslahatlar oliş, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib çiqiş niyati töğrisida bojxona organlarini xabardor qiliş, dastlabki operatsiyalar amalga oşirilayotganda bojxona maqsadlari uçun zarur böladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlaş, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylaştiriş huquqiga ega böladi.
Şu bilan birga, vakil qilgan şaxs oldidagi majburiyatni ta'minlaş maqsadida bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli şaxs oldidagi öz fuqarolik javobgarligini eng kam oylik iş haqining ming baravari miqdorida suğurtalaş majburiyati mustahkamlanmoqda, çunki nazarda tutilgan majburiyatlarning yöqligi bojxona brokerlari xizmatlaridan foydalanişga qaror qilgan iştirokçi deklarantlar uçun xavf paydo bölişiga olib kelişi mumkin.












