Britaniyada ilk bor vertikal holda uçib-qönuvçi uçar elektrotaksi prototipi namoyiş qilindi. The Times naşrining ma'lum qilişiça, bu taksi mamlakatdagi ilk şunday işlanmadir. Uçar elektrotaksi loyihasi ustida Vertical Aerospace kompaniyasi iş olib bormoqda. Bunday turdagi maşinalar eVTOL (electric vertical take-off and landing) deb ataladi.

Naşrning ma'lum qilişiça, kompaniya uçar taksini işlab çiqarişga qöyib, yaqin 4 yil içida sotişni boşlamoqçi. Bundan avval esa parvozlar xavfsizligi uçun javob beruvçi idoralar ruxsatini oliş lozim. 


Taksi 4 nafargaça yölovçini taşiy oladi va deyarli 300 km/soat tezlik bilan uça oladi. 4 ta vertikal parrak bilan jihozlangan taksi bir quvvatlanişda 150 kmgaça masofani uçib öta olişi közda tutilgan. Ammo uning keyinroq işlab çiqilişi rejalaştirilgan kuçliroq versiyasi 800 kmgaça uça oladi.

Taksi sinovi videosida bir neça kişi uni angardan olib çiqqaç, qurilma havoga kötarilib, bir neça metr uçib ötganini köriş mumkin. Namoyiş qilingan prototip masofadan boşqarilgan, taksining yakuniy versiyasi esa boşqariluvçi bölişi közda tutilgan.

                                           

Vertical Aerospace kompaniyasi britaniyalik taddbirkor Stiven Fitspatrik tomonidan 2016 yilda taşkil etilgan. Fitspatrik uçar taksi şaharlar orasidagi  parvozlar uçun juda qulay bölişiga işonç bildirmoqda. “Yölovçilar uylari yoki işlariga yaqin joydan parvoz qilib, belgilangan joyga qöna oladilar”, deb aytgan Fitspatrik.

Bunday işlanmalarni yaratiş bilan turli kompaniyalar şuğullanib keladi. Misol uçun, Uber taksi xizmati NASA bilan boşqariluvçi uçar taksi yaratiş böyiça bitim tuzgan. Kompaniya 2020 yilgaça uçar elektrotaksilarni sinovdan ötkazişni, 2023 yildan esa ularni ekspluatatsiya qilişni boşlaşni rejalaştirmoqda.   

Rolls Royce ham şunday qurilma ustida iş olib bormoqda. Kompaniya öz qurilmasini joriy yilning iyul oyida Farnboro aviasalonida taqdim qilgandi. Uşbu qurilma 6 ta elektr dvigatel bilan jihozlanadi, 5 yölovçini taşiy oladi va 400 km/soatgaça tezlik bilan uça oladi.