Foto: Shutterstock

Köpçilik Jyeyms Bond buyumlari haqida orzu qiladi: soatlar, örnatilgan lazerga ega közoynaklar. Albatta filmlardagi 007 josusiga aylanişimiz dargumon, biroq ularga xos bölgan usullarni hayotda qöllaşimiz mumkin. Masalan, yolğonni aniqlaş uçun.

Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq josusi Jyeyson Xanson (Jason Hanson) özining “Özingni maxsus xizmat uslubida himoya qil” kitobida kundalik hayotda josuslikning usullaridan foydalaniş mumkinligi haqida yozadi. Masalan, yolğonni aniqlaşni örganiş. Bu instrumentlar sizga haqiqatni aniqlaş, yolğonçi, öğri va ikkiyuzlamaçilarning asl başarasini oçişda yordam beradi.

Yolğonçini topişdan oldin uşbu odam sokinlik holatida özini qanday tutişini aniqlaşingiz, keyin esa quyida keltirilgan usullardan foydalanişingiz mumkin.

Foto: Shutterstock

1. Aniq bölmagan javob

Yolğonning birinçi belgisi – savolga töğri javob berişdan qoçiş. Masalan siz: “Ofisdan kompyuterni sen öğirladingmi?” – deb söraysiz va “Tuşunmadim, sen mendan qanday qilib şubhalanişing mumkin?” degan javobni eşitasiz. Yolğonçi yana dunyodagi eng toza köngil inson ekani, universitetda starosta bölgani va uçastka noziri uning döstiligini aytadi.

Rostgöy odam unga işonişingiz uçun barça sabablarni sanab ötirmaydi. Savolga javob beradi-qöyadi.

2. Din

Yolğon ustida qölga tuşgan odam din yordamida özini oqlaşga harakat qilişi mumkin. Masalan, agar öğri “Qanday qilib buni men öğirladim degan fikrga keldingiz! Axir men mormonman-ku! Ular qöllarini öğrilik bilan kir qilişmaydi!” desa, röparangizda ikki standartli mormon turgani ehtimoli katta.

3. Oyoqlar

Köpçilik yolğonçini yuzidan aniqlab oliş eng oson usul deb öylaydi. Biroq odamning oyoği köproq ma'lumot berişi mumkin. Sizda ham şunday holatlar yuz bergan bölsa kerak. Bir kişi bilan yonma-yon ötirib, unga savol beryapsiz. Javob sifatida u oyoğini qimirlatişni boşlaydi. Bu uning yolğon gapirayotganini anglatiş ehtimoli katta.