Kanat Bozumbayev: Qozog‘iston O‘zbekistonga benzin eksportini boshlashi juda muhim
Qozog‘iston bozorda mahsulot keragidan ortiq darajada to‘planib qolmasligi uchun oktabr-noyabr oylarida benzin eksportini boshlashi juda muhim, dedi respublika energetika vaziri Kanat Bozumbayev. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Avvalroq «KazMunayGaz» milliy kompaniyasi boshqaruv raisining jo‘natish, qayta ishlash va marketing bo‘yicha o‘rinbosari Daniyar Tiyesov Qozog‘iston kuzdan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni boshlashni ko‘zlaganini, yil yakunlari bo‘yicha 400 ming tonnagacha yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, 2019 yildan benzin eksporti hajmi 1-1,2 mln tonnaga yetkazilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Bozumbayev Qozog‘iston ilgari Rossiyadan benzinni bojxona to‘lovisiz keltirganini eslatib o‘tdi.
«Buning evaziga reeksport bilan shug‘ullanmaslik uchun Rossiya oldida benzinni eksport qilmaslik majburiyatini olganmiz», - dedi vazir.
Energetika vazirining bildirishicha, bugungi kunda respublikada benzin profitsiti vujudga kelgan bo‘lib, bu uning narxi tushishiga olib kelgan.
«Zavodlarni modernizatsiya qilish amalda deyarli yakuniga yetdi, Chimkent neftni qayta ishlash shu kunlarda zavodida katalitik kreking ishga tushadi.
Bizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish oshadi. Shunga muvofiq, benzin ko‘payadi. Shuning uchun oktabr-noyabr oylarida benzin eksportini oshirish juda muhim sanaladi yoki bu qurilmani yana to‘xtatishimizga to‘g‘ri keladi», - dedi Bozumbayev.
Avvalroq u Qozog‘iston Rossiya bilan benzin eksportini boshlash uchun ikki tomonlama kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024