Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Samarqand şahar bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning davomida, Samarqand Davlat Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş mintaqaviy markazi mansabdor şaxslari 2017-2018 yillar davomida ta'lim jarayoniga jalb qilinmagan öqituvçilar tomonidan dars ötilganligi töğrisida dars jadvallariga soxta ma'lumotlar kiritib, uşbu ma'lumotlar asosida 9 nafar öqituvçiga ötilmagan öquv maşğulotlari uçun soxta buyruqlar rasmiylaştirib, 9,2 mln. söm iş haqi, şuningdek, markazning 3 nafar rahbar xodimiga asosiy va ötişi mumkin bölgan öquv maşğulotlaridan taşqari dars soatlari uçun 7,4 mln. söm iş haqlarini noqonuniy ravişda tölab, jami 16,6 mln. söm byudjyet mablağlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand Davlat Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş mintaqaviy markazi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












