
Psixologiyada bor-yöği çorak soat davomida eng baxtli kişiga aylaniş uçun yordam beradigan uçta qoida bor.
Bir yil uçun oldindan reja tuzing
Köpinça iş va turmuş taşvişlariga boşimiz bilan şönğib, köplab qiziqarli narsalar mavjud ekanini unutamiz. Qulaylik zonasidan çiqiş kerak va bu foydali. Kelasi bir yil uçun oldindan qiziqarli maşğulotlar röyxatini tuziş uçun bir neça daqiqa ajrating. Şunday qilingki, heç bölmaganda bir oyda bir marta siz bilan qiziqarli holat yuz bersin. Ana şundan keyin öylagan orzularingizni amalga oşiriş rejasini tuziş kerak. Röyxat oddiy röyxat bölib qolmasligi uçun darhol işga kirişing.
Iş va orzularingizni bir-biriga moslaştiring
1,5 yoki 10 yildan keyin qanday odam bölişingiz haqidagi tasvirni xayolingizda çizing. Nimaga erişişni istaysiz, kim bölişni maqsad qilasiz, qayerda işlamoqçisiz? Bularning barini qoğozga tuşiring. Röyxatni hozirgi kuningiz bilan taqqoslang. Joriy rejangiz öylagan maqsadingizga erişişda yordam beradimi? Agar yöq bölsa, uni töldiring. Balki biror narsani olib taşlaş yoki özgartiriş kerakdir. Buni haftasiga kamida 2 marta bajariş tavsiya etiladi.
Baxt qutisini yasang
Çiroyli quti yoki idişni oling. Unga «Baxt onlari» deb nom bering. Biror yaxşi hodisa yuz berganida uni qoğoga yozib, qutiga soling. Qutidagi qoğozçalarni vaqti-vaqti bilan öqing va yoqimli onlarni yana bir bor his eting. Bu sizga yanada köproq xursand böliş va hayotga yengilroq munosabatda bölişda yordam beradi.










