Özbekiston terma jamoasi Toşkentda Eron bilan örtoqlik bahsini ötkazdi.
Birinçi bölimda Eron biroz taşabbusga ega böldi. Raqib töpni nazorat qilişda va xavfli zarbalarda ustunlik qildi. Biroq, dastlabki 45 daqiqada hisob oçilmadi.

Ikkinçi bölimda ham eronliklar ustunligi sezilib turdi. 67-daqiqada ular buni golga aylantira olişdi. Öng qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan eronlik futbolçi töpni darvoza tomon oşirganida, Mahdiy Turobiy uni qiyinçiliksiz darvozaga yölladi.
Öyin oxiriga qadar Özbekiston terma jamoasi hisobni tenglaştiriş uçun xavfli vaziyat yarata olmadi. Natijada, Eron Toşkentdan kiçik hisobdagi ğalaba bilan ketadigan böldi.

Örtoqlik öyini
11 sentabr, Toşkent. "Milliy" stadioni
Özbekiston - Eron - 0:1 (0:0)
Gol: Mahdiy Turobiy (67)
Hakamlar: Dmitriy Maşentsev, Bahodir Qöçqorov, Ismoil Tolibjonov (barçasi Qirğiziston), Sanjar Şoyusupov (Özbekiston).
Özbekiston: Eldorbek Suyunov, Vitaliy Denisov (Vladimir Kozak, 72), Anzur Ismoilov, Islom Töxtaxöjayev, Farrux Sayfiyev, Odil Ahmedov, Otabek Şukurov, Eldor Şomurodov (Sanjar Tursunov, 46), Marat Bikmayev (Husniddin Ğofurov, 46), Sardor Raşidov (Sardor Sobirxöjayev, 56), Temurxöja Abduxoliqov (Igor Sergeyev, 46)
Eron: Amir Obidzoda, Murtazo Puraliganjiy, Majid Husayniy (Pejman Muntaziriy, 62), Vuriya Ğofuriy (Sodiq Muharramiy, 46), Milod Muhammadiy, Said Izzatullohiy (Mas'ud Şojaiy, 69), Umid Ibrohimiy, Aşkon Dejoğa (Somon Quddus, 46), Ali Qulizoda, Alirizo Jahonbaxş (Mahdiy Turobiy, 46), Karim Ansorifard (Mahdiy Turobiy, 64)


















