12 sentabr kuni Toşkentdagi «Universal» sport majmuida MDHga a'zo davlatlar döstona armiyalari örtasidagi armiya qöl jangi çempionatining final bosqiçi bölib ötdi. 7 vazn toifasidagi sportçilar örtasida ötkazilgan uşbu musobaqada özbekistonlik harbiy xizmatçilarning 6 nafari finalga qadar yetib bordi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
60 kilogrammgaça bölgan vaznli qöl jangi ustalari örtasida keçgan final bahslarida özbekistonlik serjant Şahboz Tursunov qozoğistonlik sportçi Arkot Bayaxmetovni mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi.
-75 kg vaznlilar örtasida keçgan murosasiz kuraşda ham özbekistonlik sportçi — serjant Jahongir Jumayev rossiyalik raqibi Sergey Kuznetsovdan qöli baland keldi.
-80 kg vazn toifasidagi harbiy sportçilar örtasida keçgan jangda rossiyalik leytenant Zorikto Galsanov özbekistonlik şartnoma böyiça harbiy xizmatçi Ğiyos Pozilovga qarşi oğrituvçi usul qöllab şohsupadan joy olgan bölsa, -85 kg vazn toifasi uçun keçgan final jangida Özbekiston Qurolli Kuçlar Akademiyasi kursanti Bekzod Nurmatov rossiyalik sportçi Şaraf Davlatmurodovga heç qanday imkoniyat qoldirmadi va yana bir oltin medalni mamlakatimiz terma jamoasiga olib keldi.
-90 kg vazn toifasida ğoliblik uçun keçgan yakuniy bosqiçda rossiyalik Anatoliy Tokov hamda qozoğistonlik Artyom Rogalskiy özaro kuraşdi. Natijada rossiyalik sportçining qöli baland kelib, ğoliblikka erişdi.
Şunday qilib, 2 kun davom etgan armiya qöl jangi xalqaro çempionatida özbekistonlik harbiy sportçilar umumjamoa hisobida 1-örinni qölga kiritdi. Ikkinçi örin Rossiya vakillariga nasib etgan bölsa, 3-öringa qirğizistonlik harbiy sportçilar erişdi.
















