Belarus O‘zbekistonda harbiy texnikalarni modernizatsiyalash bo‘yicha zavodlar qurmoqchi
Belarus O‘zbekistonda harbiy texnikalarni modernizatsiyalash bo‘yicha zavodlar qurishga tayyor. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng doiradagi muzokaralar chog‘ida ma'lum qilgan.
«Biz bugun sizning texnikalaringizni, uchish apparatlaringizni, zirhli texnikangizni nafaqat ta'mirlash, balki modernizatsiyalash bo‘yicha kelishuvga erishdik. O‘zbekistonda Su va MiG samolyotlarini, BTR va tanklarni, kemalarni modernizatsiya qiluvchi zavodlar qurishga tayyormiz. Harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishimiz mumkin. Biz sizlarga qurib beramiz. Murakkab raketa texnikalari ham bo‘ladi», deya Belarus prezidentining so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.
Aleksandr Lukashenko Belarusda xavfsizlik sohasida O‘zbekistondan yashiradigan siri yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan.
«Prezident bugungi kunda biz qanday dunyoda yashayotganimizni to‘g‘ri tushunadi va mudofaa hamda xavfsizlik borasida qayg‘uradi. Agar sizda bizning harbiy maktabimizga qiziqish bo‘lsa, biz sizdan hech narsani yashirmaymiz», degan u.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari o‘rtasida davlatlararo harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida harbiy mahsulotlar yetkazib berish, harbiy texnikani ta'mirlash, qurollanish va boshqalar bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolangan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
02:18 / 07.12.2024
Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
21:16 / 22.11.2024