Lyuksemburg koinot texnologiyalarini işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi startaplarni moliyalaştiriş uçun koinot agentligi va 100 mln dollarlik jamğarma taşkil etmoqda. Bu haqda Lyuksemburg boş vaziri örinbosari Etenn Şnayder Financial Times naşriga ma'lum qildi.

Şnayderning aytişiça, NASA’dan farqli, Lyuksemburg koinot agentligi raketalar uçirişni rejalaştirmay, balki “koinot sohasidagi korxonalar”ga e'tiborni qaratmoqçi. “Biz koinotni zabt etuvçi davlat bölmoqçimiz va boşqa davlatlar bilan hamkorlik qilişdan manfaatdormiz”, deb aytgan Şnayder. Uning aytişiça, Yevropa Ittifoqi “bu bozorni amerikaliklarga qoldirmasligi kerak”.

2017 yil avgustda Lyuksemburg öz hududida joylaşgan kompaniya va tijoriy guruhlarga “koinot zaxiralarini özlaştiriş”da iştirok etişga ruxsat bergan ilk davlat böldi. Şu munosabat bilan koinot texnologiyalari bilan şuğullanuvçi 150 dan köproq kompaniya, institut va taşkilot Lyuksemburgda qönim topişga ruxsat oliş uçun uşbu davlat hukumatiga murojaat qilgan. Ulardan 20 tasi bilan kelişuvga erişilgan. 

Avvalroq Lyuksemburg AQŞ va Yevropa Ittifoqidagi hamkorlar bilan birga asteroidlarda kamyob metallar va minerallarni oliş rejasini işlab çiqqandi. Gap Yerda kam uçrovçi, biroq asteroidlarda yetarliça miqdorda mavjud bölgan materiallarni oliş maqsadida koinot sohasini yaratiş haqida bormoqda. Mutaxassislarning aytişiça, bu asteroidlar Oydan ança uzoqda, ammo Marsdan yaqinroq, ya'ni koinot qurilmalari yeta oladigan masofada joylaşgan.   

Ekspertlarning baholaşiça, bunday sohani yaratiş qiymati ön milliardlab dollarni, bozor hajmi esa trillionlab dollarni taşkil qiladi.