Ikkita maşhur botnet -  Mirai va Gafgyt (Baslite) yirik korporativ tarmoqlarga hujum qiliş uçun vositalarni yangiladi. Bu haqda Palo Alto Networks kompaniyasi hisobotida aytiladi.

Xabar qilinişiça, botnetlar ma'murlari eski ma'lum bölgan nosozliklardan foydalanuvçilar eksploitlar kodlarini öz arsenaliga qöşib olganlar.

Mirai 16ta eksploitni oldi, ular orasida routerlarga kira olişi mumkin bölgan dasturlar ham bor. Gafgyt, katta ehtimol bilan, boşqaruv tizimlariga e'tibor qaratgan, sababi CVE-2018-9866 kabi ma'lum bölgan jiddiy kamçilikdan foydalanadi. U SonicWall’ning tegişli qurilmalarida bor.

Sönggi vaqtlarda, ekspertlarning ta'kidlaşiça, botnetlardan foydalangan holda amalga oşiriluvçi hujumlardan yirik kompaniyalar zarar körmoqda.

Mirai botneti özi haqida 2016 yilda ma'lum qildi va «zamonaviylikning eng qudratli vositasi», deb nomlandi. Öşanda butun dunyodagi serverlar uning qurboniga aylandi. Dastlabki kod oçiq manbalarda e'lon qilingaç, köplab xakerlar uni modifikatsiyalaş va takomillaştirişga kirişib ketişdi. Gafgyt haqida 2015 yilda ma'lum böldi. Taxminlarga köra, bu botnetga milliontadan ortiq «aqlli» qurilmalar kiradi.