Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Boş direktori Laziz Tangriyev «Kitobga qöyilgan haykal» nomli maqolasini e'lon qildi. Bu maqola agentlikning feysbukdagi rasmiy sahifasida naşr etilgan.
Olis bolalikka xayolan safar qiliş heç birimizga begona emas. Şirin xayollar, totli xotiralar uyğonganda kişini ajib bir entiktiradi. Bolalik damlarini bezagan bepoyon dalalar, daştu biyobonlar, otlar dupuri, qöy-qözilar podasi, çang qişloq köçalari kino tasmasidek köz öngingdan ötadi.
Ana şu manzaralar içida paykal orasida yarq etib böy körsatib turgan, ilkis öziga imlayotgan qovun-tarvuzlarning totli hidi, pomidor bodringlarning mazali böyi hali-hali dimoğimni qitiqlaydi.
Eh-he! Hammasidan ham onam yopgan nonlarning taftini aytmaysizmi. Tandirdan endi uzilib, buği çiqib turgan kulça labi oqarib, köça çangitib qorni oçgan bolakayning eng tansiq taomi edi. Ayniqsa, şirmoy nonlarning ötkir hidi dimoğingizga urilganda olam çaroğon bölib ketadi. Dilingiz bir yayraydi. «Non isi» degan juda totli va şartli ibora bejiz aytilmagan, axir.
Men bularni nimaga eslayapman? Negadir mana şu aytganlarim orasida yana bir unutilmas, duç kelganda yurakni orziqtiradigan, ilm olişga taşna, betizgin va asov ösmirlikni yodga soladigan yana bir mö'tabar is, böy bor!
Bu olamni munavvar aylagan ma'naviy xazina javohiri, qalb gavhari bölgan muqaddas Kitobning anvoyi hidi!
Bolaligimda uyimizdan bir köça naridagi tuman kutubxonasiga qadam qöyişim bilan birinçi bölib turli kitoblarning ajib hidi dimoğimga urilar edi. Mana şu yoqimli böy men uçun ma'naviyat olamining muqaddas muşku anbariga aylandi, bir umrga menga hamroh böldi.
BOLALIK KOŞONASI
Ötgan asrning 70-yillarida qurilgan binolarni bugungilari bilan soliştirib bölmaydi albatta. Şunday bölsada, öşa davrdagi tumanimiz kutubxonasi hali-hamon men uçun dunyodagi eng muhtaşam koşonaday xotiramda muhrlanib qolgan. Oçiği kunda-kunora bu kitob saroyiga borar ekanman alohida jiddiy hozirlik körar edim. Siz Ermitaj muzeyi yoki teatrga borişga hozir qanday yasan-tusan qilsangiz men ham şunday qilardim.
Öşa damda bolalik tasavvurimda jahondagi eng çiroyli inşootlar faqat kutubxonalar bölsa kerak, deb öylardim. Şinamligi, toza-ozodaligi, keng va yoruğligi nazarimda muazzam saroylardan qolişmas edi.












