Endilikda Qozoğiston davlat gerbida QAZAQSTAN sözi yangilangan standartda qöllaniladi. Bu haqda Qozoğiston texnik tartibga soliş va metrologiya qömitasi matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Qömita matbuot kotibi Yerkema Muxtarning sözlariga köra, gerbda kirill grafikasi asosida bitilgan "Qazaqstan" yozuvi lotin grafikasidagi "QAZAQSTAN" yozuviga özgartiriladi.
Mazkur özgariş Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qozoq tili alifbosini kirill grafikasidan lotin grafikasiga ötkaziş haqidagi farmoniga muvofiq amalga oşirilganligi aytilmoqda.











