Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan ötkazilgan muzokaralardan keyin belaruslar yetakçisiga şoir Yakub Kolasning özbek tiliga ögirilgan şe'rlar töplamini sovğa qildi.
Uşbu belaruslik şoirning «Qadrdon qöşiqlar» («Rodnyye pesni») nomli kitobi yaqindagina Özbekistonda naşrdan çiqqandi.
«U xalqlarimizning döstligini, Özbekiston zaminini, tabiatini, özbek xalqi fazilatlarini kuylagan», degan Şavkat Mirziyoyev.
Prezident Yakub Kolasni Özbekistonda juda ardoqlaşganini aytib ötgan.
Eslatib ötamiz, bir neça kun oldin Toşkentdagi Yakkaçinor köçasi nomi Yakub Kolas nomiga özgartirilgandi va uning byusti örnatilgandi.
Yakub Kolas (1882-1956) yangi belarus adabiyotining asosçilaridan biri, jamoat arbobi. 1926 yilda Belarus SSR xalq şoiri, 1928 yilda Belarus SSR fanlar akademiyasining akademigi, 1944 yilda Belarus SSR faxriy olimi unvonlari bilan taqdirlangan.












