Taniqli jurnalist Şarof Ubaydullayev «Nuroniy» jamğarmasi raisining örinbosarligiga saylandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

12 sentabr kuni Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi Vasiylik Kengaşining kengaytirilgan majlisi bölib ötgan.

Majlisda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Vasiylik Kengaşi raisi Aziz Abduhakimov, jamğarmaning Respublika boşqaruvi mas'ullari, Vasiylik Kengaşi a'zolari va faollar iştirok etişgan.

Majlis kun tartibida «Nuroniy» jamğarmasi Respublika boşqaruvi raisining örinbosarini saylaş masalasi körib çiqilgan.

«Muhokamalardan söng köpçilik ovoz bilan uşbu lavozimga taniqli jurnalist Şarof Ortiqoviç Ubaydullayev saylandi», deyiladi xabarda.