Amerikalik olimlar jamoasi ortiqça vazn miya faolligiga salbiy ta'sir körsatişini aniqlaşdi. Science News şu haqida xabar berdi.
Tadqiqot ikki guruhga ajratilgan laboratoriya siçqonlarida ötkazildi. Birinçi guruh kemiruvçilari kaloriyali oziq-ovqatlar bilan, ikkinçi guruhdagilari esa tavsiya qilingan miqdordagi kaloriyali mahsulotlar bilan oziqlantirildi.
Uç oy içida birinçi guruh siçqonlarining vazni ikkinçisiga nisbatan örtaça 40 foizga oşdi, ularning aqliy salohiyati esa pasaydi. Masalan, siçqonlarning labirintdan çiqişi sekinlaşgani va taşqi ta'sirlarga sekinroq reaksiya qilayotgani kuzatilgan.
Ortiqça vazn töplagan siçqonlarda mikrogliylar - aqliy salohiyatga ta'sir qiluvçi hujayralar soni oşgani aniqlangan. Mutaxassislar bu öz-özidan xavfli emasligi, lekin ularning köpayişi miyadagi signallarni sekinlaştiriş mumkinligini ma'lum qilişdi. Olimlar soğlom siçqonlar ortiqça vaznli siçqonlarga nisbatan nafaqat tezkor, balki aqlliroq ham ekanini ta'kidlaşmoqda.












