Özbekiston yevrobondlarni joylaştirişdan tuşgan mablağlarni birinçi navbatda infratuzilma loyihalarini moliyalaştirişga yönaltiradi. Bu haqda respublika Moliya vazirligi bölim boşliği Temur Malik Narziqulov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Moliya vazirligi suveren obligatsiyalar emissiyasidan söng, mablağlarni asosan infratuzilma loyihalari uçun yönaltirişni rejalaştirmoqda», - dedi u bugun Toşkentda bölib ötayotgan «Özbekiston Respublikasi kapital bozori» xalqaro konferensiyasida.
Uning sözlariga köra, moliyalaştiriş uçun ustuvor yönalişlar - arzon uy-joy, avtomobil yöllari quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş, içimlik suv ta'minotini yaxşilaş, şaharlarni obodonlaştiriş. Olingan mablağlar strategik ahamiyatga molik boşqa investitsiya loyihalari uçun ham yönaltirilişi mumkin, deya qöşimça qilib ötdi amaldor.
«Şuningdek, köplab xorijiy ekspertlarda, ayniqsa OAVda suveren obligatsiyalar çiqarilişi byudjyet defitsitini qoplaş uçun kerak bölganiga doir tasavvur paydo bölganini qayd etib ötiş lozim. Şuni aytib ötmoqçimanki, bu holatda biz mablağlarni uşbu maqsadlar uçun işlatişni rejalaştirmayapmiz», - dedi Moliya vazirligi vakili.












