Özbekiston va Belarus özaro tovar almaşiş hajmini 2017 yildagiga nisbatan qariyb uç baravarga oşirib, yiliga 500 mln dollargaça yetkazişni rejalaştirmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Joriy yilda ikki tomonlama savdo hajmini yiliga 500 mln dollargaça yetkaziş uçun barça zaxiralarga ega. Özbekiston eksport hajmini, xususan qöşimça qiymat soliği bölgan mahsulotlar eksportini sezilarli darajada oşira oladi», – dedi Özbekiston boş vaziri örinbosari Nodir Otajonov.
U Özbekiston-Belarus biznes-forumida çiqişi çoğida Belarus prezidentining keyingi 23 yil içidagi ilk taşrifining muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
«Savdo hamkorligini kengaytiriş ustuvor yönalişlardan sanaladi. Bu ikki davlat rahbarlarining bölajak uçraşuvida asosiy masala böladi. Belarus Özbekistonning MDH makonidagi an'anaviy savdo şerigi hisoblanadi», – deb qöşib qöydi Otajonov.
Özbekiston boş vaziri örinbosarining ma'lum qilişiça, 2017 yil yakunlariga köra, özaro savdo hajmi 60%dan köproqqa oşdi va qariyb 182 mln dollarni taşkil etdi. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tovar almaşiş hajmi 253 mln dollarga yetdi va 2017 yilning butun davridagi körsatkiçdan sezilarli darajada oşdi.
12 sentabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Toşkentga rasmiy taşrifini boşladi.
Belarus prezidentining rasmiy taşrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni bölib ötadi. U ertaga Köksaroy qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar ötkazadi. Muzokaralar tor şaklda va delegatsiyalar a'zolari iştirokidagi kengaytirilgan şaklda bölib ötadi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş va Özbekistonda talabgir bölgan texnika işlab çiqariş böyiça yiğiş korxonalarini taşkil etiş masalalarini muhokama qilişi kutilmoqda.











