Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasiga ekskursiya uyushtirdi. Unda O‘zbekiston Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Akbarovna ham ishtirok etdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan tadbir barqarorlik va taraqqiyotning kafolati – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asoschisi Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlandi. Tatyana Akbarovnaga bilim yurti kursanti tomonidan yaratilgan Birinchi Prezidentning portreti, Islom Karimov bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan yana bir kursantning she'riy to‘plami va boshqa turdagi esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuv davomida Tatyana Karimova bilim yurti qo‘mondonligi va kursantlarga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini o‘zida aks ettirgan kitob va kataloglar hamda esdalik ko‘krak nishonlarini topshirdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati