Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyuşgan holda işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş va tubdan qayta körib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:

birinçi, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlaş, tayyorlaş, moslaştiriş tadbirlarini ötkaziş va xorijda işga joylaştiriş jarayonlarini samarali boşqariş hamda nazorat qiliş orqali ularga xorijda mehnat faoliyatini olib borişga doir huquqlarini amalga oşirişda kömaklaşiş;

ikkinçi, taşqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qiliş, şu asosda normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga işga joylaşişda kömaklaşiş;

uçinçi, mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş jarayonlarini tartibga soliş va ularning mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qiliş;

törtinçi, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş va ularning faoliyatini nazorat qiliş, mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijga ketayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarni akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining işçi organi vazifalarini bajariş; 

beşinçi, yuridik şaxslarga xorijiy işçi kuçini jalb qilişga ruxsatnomalarni va xorijiy fuqarolarga Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda beriş, şuningdek, Özbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritiş.

Hujjat bilan “Özbekiston havo yöllari” MAK, “Özbekiston temir yöllari” AJ va Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi xorijga uyuşgan holda tanlaş böyiça ketayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini bojxona va pasport nazoratidan Agentlikning talabnomalariga asosan uyuşqoqlik bilan ötkaziş hamda jönatişni ta'minlaydi.