Toşkent viloyatida 2018 yilgi paxta terimi mavsumi uçun nafaqaxörlardan ma'lum miqdordagi pullar uşlab qolingani aniqlandi va suriştiruvlar natijasida uşbu pullar egalariga qaytarildi.
Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev telegramdagi kanalida ma'lum qilişiça, majburiy mehnatga qarşi kuraşiş maqsadida jamoatçilik nazorati loyihasi sifatida taşkil etilgan maxsus botga (@paxta2018_bot) Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida pensionerlarning pensiyasidan paxta uçun pul uşlab qolişganligi haqida murojaat yöllangan.
Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan uşbu murojaat örganib çiqilgan.
«Yangiyöl şahar hududidagi 15ta mahallada nafaqa oluvçi fuqarolardan noqonuniy ravişda paxta yiğim terimi uçun pul mablağlari yiğilayotgani holati aniqlanmadi. Biroq, örganişda Yangiyöl şahar, «Yangiboğ» M.F.Y. raisi A.R. va mas'ul kotibi X.B. tomonidan paxta terimi uçun nafaqa oluvçi fuqarolardan pul mablağlari yiğilgani ma'lum böldi.
Jumladan, murojaatda keltirilgan vajlarni tekşiriş davomida «Yangiboğ» M.F.Y. raisi A.R.ning paxta yiğim terimiga vodiydan jalb qilingan terimçilar uçun mahallaning har bir xonadondan 25 ming sömdan pul yiğiş töğrisidagi topşiriğiga asosan M.F.Y. mas'ul kotibasi X.B. nafaqa tarqatilişi vaqtida nafaqaxörlardan 25 ming sömdan pul yiğilgani va uyiga olib borib qöygani aniqlangan.
X.B. tomonidan nafaqaxörlardan paxta yiğim terimi uçun yiğilgan jami 1.586.000 söm naqd pullar va pul bergan nafaqaxörlar röyxati tuzilgan daftar taqdim etildi.
Uşbu daftar közdan keçirilganda jami 71 nafar fuqarodan 1.470.000 söm yiğilgani haqida ma'lumotlar borligi aniqlandi.
Mazkur mahalla fuqarolar yiğinidagi 71 nafar fuqaroning 54 nafaridan tuşuntiriş xati olinganda, ularning 33 nafari öz xohişi bilan pul berganini tasdiqlagan.
Bundan taşqari, örganiş davomida Yangiyöl şahar «Mahalla xayriya jamoat fondi» raisi A.A. 2018 yil paxta yiğim terimi uçun 15ta M.F.Y. raislari bilan ötkazilgan yiğilişda Farğona viloyatidan jami 150 nafar terimçi olib kelişga kelişilgani, 2018 yil sentabr oyi boşlarida 15ta mahalla fuqarolar yiğinlari raislaridan 1.000.000 sömdan jami 15.000.000 söm pul yiğilib, Farğona viloyati Oltiariq tumanidan terimçilar bilan 750.000 sömdan kelişib, avans tariqasida har biriga 100.000 sömdan berib kelingani, uşbu pullar paxta yiğim terimiga çiqişni xohlamagan «uyuşmagan aholi»dan va homiylar hisobidan yiğib olib berişni rejalaştirilişi aniqlandi.
















