Prezident Donald Trampning saylovoldi ştabiga rahbarlik qilgan Pol Manafort maxsus prokuror Robert Myuller tomonidan unga nisbatan e'lon qilingan AQŞga qarşi fitna va odil sudlovga tösqinlik qiliş haqidagi ayblovlarga iqror bölişga roziligini bildirdi, deb xabar berdi Bloomberg sud hujjatlariga asoslanib.

Reuters’ning qayd etişiça, sud hukmiga kelib tuşgan hujjatlarda jinoyatning ikki epizodi haqida söz boradi, avval ularning soni yettita edi.
Bu Manafort ustidan ikkinçi sud jarayoni bölib, Vaşingtonda bölib ötmoqda. Avgustda Virjiniya sudi uni soliqqa oid va moliyaviy firibgarliklarda ayblagandi.  

Vaşingtondagi jarayon doirasida Manafort Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçning imijini yaxşilaş böyiça iş olib borgan vaqtida xorijiy agentlar haqidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda.  

17 sentabr kuni sud uçun hakamlar tanlaş jarayoni boşlanadi. Bloomberğning bildirişiça, Manafortning 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralaşuvi haqidagi ma'lumotlarni aniqlaşda Myuller bilan hamkorlik qilişga rozi bölgan-bölmaganligi noma'lum. Ammo uning aybiga iqror bölişga rozilik bildirgani «millionlab dollar» jarimadan qutulib qolişiga yordam beradi, deb yozadi agentlik. 

Reuters esa Manafortning aybini tan olişi 22 avgust kuni sobiq ştab rahbarini Twitter’da maqtagan Trampning obrösiga putur yetkazişi mumkinligini yozmoqda. 

«Pol Manafort va uning oilasiga judayam açinaman. «Odil sudlov» 12 yil ilgarigi soliq işiga osildi, unga ulkan bosim ötkazdi. Ammo Maykl Koendan farqli ölaroq, u egilmadi – tergov bilan kelişiş uçun uydirmalar öylab topmadi. U hurmatga loyiq jasur inson!» — deb yozgandi prezident öşanda.

Maykl Koen prezidentning sobiq advokati bölib, tergov bilan kelişişga rozi bölgan va sudda Trampning topşiriği bilan moliyaviy jinoyatlar sodir etganligini bildirgan.