«PSJ» boş murabbiyi Tomas Tuxel klub rekordini örnatdi.

Opta xabariga köra, 45 yoşli nemis mutaxassisi «PSJ» bilan Fransiya çempionatini qatorasiga 5ta ğalaba bilan boşlagan ilk murabbiy böldi.

Eslatib ötamiz, keça «PSJ» öz maydonida «Sent-Eten»ni (4:0) tor-mor etdi. Avvalroq, Tuxel şogirdlari «Kan» (3:0), «Gengam» (3:1), «Anjyer» (3:1) va «Nim» (4:2) klublarini mağlub etgandi.