O‘zbekiston | 15:20 / 15.09.2018
5498
3 daqiqa o‘qiladi

Turbiznes: QQSga o‘tishning asoratlarini yumshatuvchi uch ssenariy taklif qilindi

Xususiy turistik tashkilotlar uyushmasi (XTTU) Davlat soliq qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy loyiha boshqaruv qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksini ishlab chiqishda qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS)ni kiritish turistik paketlar narxlarining oshishi va O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini pasaytirishiga olib kelishini inobatga olishini so‘rab, mazkur vaziyatdan chiqishga doir aniq takliflar bildirilgan xatni yo‘lladi.

Bu muammo birinchi marta 2018 yilning iyul oyida Uyushma vakillarining Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvida, keyin esa Vazirlar Mahkamasidagi tadbirda ko‘tarilgan edi.

XTTU raisi Gulchehra Isroilova turistik soha rentabelligi oshishi hamda byudjyetga qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga turtki beruvchi uch xil variantni taklif qildi.

1-variant

Soliq kodeksi (SQ)ning 208-moddasi, 15 punktidan “turistik-ekskursion xizmatlar” so‘zlari va shunga muvofiq abzatsni olib tashlab, “Turistik-ekskursion xizmatlarni amalga oshirish aylanmasi nol stavka bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan qoplanadi” matnli yangi moddani kiritish.

Natijada QQSni kirish xizmatlari (mehmonxonalar, muzeylar, restoranlar va h.k.) bo‘yicha qabul qilish imkoni paydo bo‘ladi, zero turoperatorlarda soliqqa tortilmaydigan aylanma o‘rniga u tortiladi, faqat nol stavka bo‘yicha.

2-variant

Taklifning mazmun-mohiyati shundan iboratki, SK 208-moddasi, 15-punktidan “turistik-ekskursion xizmatlar” so‘zlari va tegishli abzatsni olib tashlab, SK 212-moddasini “va xizmatlar” so‘zi bilan to‘ldirish, ya'ni QQS nol stavkasi ta'sirini nafaqat tovarlar, balki eksport xizmatlariga nisbatan ham qo‘llash.

Natija xuddi avvalgi variantdagidek bo‘ladi, lekin turistik sohadan tashqari har qanday eksport xizmatlarini ko‘rsatish rag‘batlantiriladi, bu esa respublikaga kirib keluvchi valyuta vositalari oqimining oshishiga olib keladi.

3-variant

Yuzaga kelgan vaziyatdan SK 2018-moddasi, 15-punktidagi turistik-ekskursion xizmatlar qismi qoidalarni o‘zgarishsiz saqlab qolish, ammo SQning 220 va 221-moddalaridan QQSni soliqqa tortilmagan aylanmalar uchun qo‘llanuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qabul qilishni taqiqlovchi qoidalarni olib tashlash.

Xususiy turistik tashkilotlar uyushmasi yangi soliq qonunchiligini ishlab chiqishda yuqoridagi variantlardan biri inobatga olinishi va bu mamlakatda turizm sohasining barqaror rivojlanishi uchun xizmat qilishiga katta umid bildirmoqda.

Mavzuga oid