14:30 / 15.09.2018
12514

Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi o‘tkazildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu oqshomda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Husniddin Po‘latov yarim o‘rta vazn toifasida indoneziyalik Soxlan Koralga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan bahsda o‘zbekistonlik sportchi 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Po‘latov professional ringda 14-jangini o‘tkazdi. U shu vaqtgacha o‘tkazilgan janglarining 10tasida g‘alaba qozongan (5ta nokaut) va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan (3ta nokaut). Indoneziyalik bokschi esa shu vaqtga qadar 24ta jang o‘tkazib, 17ta g‘alabaga erishgan va 7 marta mag‘lubiyatga uchragandi.

Mavzuga oid
Top