Andijon viloyati boş imom-xatibi Nuriddin hoji Xoliqnazarov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga videomurojaat yöllagan toşkentlik imom Fazliddin Parpiyevning sözlariga munosabat bildirdi.
«Masjid minbari unga omonat edi. U bu minbarda turib, xohlagan gapni gapirişga haqli emasdi. Bu siyosat minbari emas. Bu bizga, diniy idoraga va boşqa imomlarga hurmatsizlik», degan u.
Bundan oldinroq Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov «rahbariyat bilan maslahatlaşmay, öz bilganiça minbarda çiqiş qilgan» imomni noşukrlikda aybladi.
















