Surxondaryo viloyati Angor tumanidan tahririyatimizga jo‘natilgan murojaatnoma o‘zining antiqaligi, tumandagi mutasaddilarning kitobga, ilmga va ma'rifatga bepisandligi bilan bizni lol qoldirdi.
Facebook'da ko‘rish
Youtube'da ko‘rish
Angor shaharchasi «Navro‘z» mahallasida yashovchi yosh, yakka tartibdagi tadbirkor Madinabonu Jo‘rayeva 2017 yil 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatining (o‘sha paytdagi) hokimi Erkinjon Turdimovning qabuliga borib, tuman markazida «Kitob olami» do‘koni va o‘quv zali qurish g‘oyasi borligini ma'lum qiladi.
Bunday tashabbus viloyat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, tuman hokimiga topshiriq beriladi va tuman hokimi B.Ibatovning shu kungi 1282-sonli qarori bilan sobiq avtoshohbekat o‘rnidan 200 kvadrat metr yer maydoni ajratiladi.
Yer maydoni ajratilgach, uch oy davomida kerakli hujjatlar tayyorlanib, bino loyihalashtirilib, uning poydevorini tiklash ishlari olib boriladi.
Biroq oradan ko‘p o‘tmasdan, 2018 yilning 5 mayiga kelib Angor tuman prokuraturasi tuman hokimi qaroriga nisbatan protest e'lon qiladi. Sabab sifatida qurilish hujjatlari qonun talablariga muvofiqlashtirilmaganligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Lekin tuman prokurori protestida e'tiroz o‘laroq tilga olingan barcha xulosalar bor. Taqdim etilgan. Hattoki viloyat adliya boshqarmasining qurilishni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar aniqlanmagani haqidagi xati ham bor!
















