Keniyalik yuguruvçi Eliud Kipçoge marafonda yuguriş böyiça yangi jahon rekordini örnatdi. Berlindagi musobaqada u masofani 2 soatu 1 daqiqa va 40 soniyada bosib ötdi.

Bu orqali u 2014 yil Berlin marafonida keniyalik boşqa bir sportçi Dennis Kimmeto tomonidan örnatilgan rekordni 1 daqiqadan ortiqroq vaqtga yaxşiladi.

2017 yilning mayida Nike kompaniyasining reklama kampaniyasi doirasida Kipçoge bu masofada 2:00:25 körsatkiç qayd etgandi. Bu ham rekord natija bölgan, ammo öşanda rasmiy hisoblanmagandi.

Kipçoge 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasining oltin medali sovrindori hisoblanadi. U 2018 yil yozida ötkazilgan London marafonida ham ğolib çiqqan.