“Mersedes” jamoasi poygaçisi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning 15-bosqiçi – Singapur Gran-prisi ğolibi böldi. Hemilton mavsumdagi 7- va faoliyatidagi 69-ğalabani qölga kiritdi.

Hemilton belgilangan masofani 1 soat 51 daqiqa 11,161 soniyada bosib ötgan. Marraga ikkinçi bölib Maks Ferstappen (“Red Bull” a'zosi, Hemiltondan 8,961 soniya ortda qolgan), uçinçi bölib Sebastyan Fettel (“Ferrari”; +39,945 soniya) yetib kelgan.

Konstruktorlar bahsida Mercedes yetakçilik qilmoqda (415 ball), 2-örinni Ferrari (390), 3-örinni Red Bull (248) egallamoqda.

Poyganing keyingi bosqiçi Rossiyaning Soçi şahrida 28-30 sentabr kunlari bölib ötadi.