«Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann AS naşriga bergan intervyusida öz darajasiga baho berdi.

- Ötmişdagi intervyularingizdan birida Messi va Kriştianu kabi futbolçilar bilan bir qatorda «katta stolda» ötirişni istaşingiz haqida aytgandingiz. Hozir ana şu maqomda ekaningizni his etyapsizmi?

- Ha, şunday ekaniga işonyapman. Futbolda boşqa kuçli futbolçilar ham paydo bölmoqda va öz navbatida men ham yanada ösişga erişişim mumkinligini bilib turibman. Bu – menga turtki berib turadigan kuç, u meni öz öyinimni yaxşilaşga, köproq ğalabalarga erişiş va öz uslubimizni körsatgan holda ğolib çiqişda davom etişga ruhlantirib turadi.

Eslatib ötamiz, Grizmann JÇ-2018da Fransiya termasi safida ğolib çiqdi. U, şuningdek, avgustda «Atletiko» bilan Yevropa superkubogini ham qölga kiritişga muvaffaq böldi. «Matrasçilar» Yevropa ligasida ham ğolib çiqdilar. Uşbu sovrinlar egasi Antuan Grizmann esa FIFA talqini böyiça yilning eng yaxşi futbolçisi uçun nomzodlar uçligiga kirmay qoldi.

«Endi heç narsa qilib bölmaydi. Bu FIFAning mukofoti böla turib, unga da'vogarlar uçligiga jahon çempionlaridan biror futbolçi kiritilmagani – uyat. Bizning Jahon çempionatidagi tarkibimiz juda kuçli edi. Masalan, Mbappe, Varan, Kante va hattoki özim ham Rossiyadagi öyinlarimiz uçun tan olinişga munosib edik...

Biroq endi bölar iş böldi. Ballon d’Or sovrinini [FIFA sovrinidan köra] nufuzliroq deb hisoblayman. Oldindagi 3 oy davomida bor kuçim bilan harakat qilaman va şundan söng nima bölişini kutiş qoladi xolos», - deya ta'kidlagan Grizmann.