Islom taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga keldi
Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bir qator tadbirlarda ishtirok etish uchun 17 sentabr kuni Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi delegatsiyalari bilan birga O‘zbekistonga keldi.
Islom taraqqiyot banki rahbarining tashrifi doirasida «ITB guruhi kuni» konferensiyasi va 18-19 sentabr kunlari Arab muvofiqlashtirish guruhi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Suhrob Xolmurodov ishtirok etadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilmoqda.
O‘tgan yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi amalga oshirildi. Uning davomida davlat rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
14:39 / 08.04.2021
O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki hamkorligida 100 mln dollarlik jamg‘arma tashkil etilishi kutilmoqda
16:35 / 09.03.2021
Islom taraqqiyot banki prezidenti may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilyapti
14:32 / 03.02.2021
2021 yilda O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilari kengashining yillik anjumani o‘tkaziladi
08:14 / 21.12.2020