Xitoy va Filippinda köplab insonlar hayotiga zomin bölişga ulgurgan «Mangxut» tayfuni Honkonggaça yetib keldi. Mahalliy meteorologiya stansiyasi ogohlik signalini maksimal darajaga kötardi - öquv muassasalari, idoralar va dökonlar yopildi. 

Parom va avtobus qatnovlari töxtatildi, halqaro Honkong aeroportida yuzlab reyslar bekor qilindi.

Mahalliy aholi yuzlab foto va videolar bilan bölişmoqda - ildizi bilan qulagan daraxtlar, singan deraza oynalari, ağanagan reklama konstruksiyalari va h.k.