Rossiya mudofaa vazirligi Donbassda Malayziya havo yöllariga qaraşli Boeing 777 samolyoti halokati böyiça brifing ötkazdi.

Unda ma'lum qilinişiça, fojia yuz bergan joyda topilgan bölaklar orqali raketaning bort raqamini aniqlaşga muvaffaq bölingan. Raketa 1986 yilda Dolgoprudniydagi ilmiy-işlab çiqariş korxonasida işlab çiqarilgan.

Mudofaa vazirligi uşbu korxonada işlab çiqarilgan 9M38 (“Buk” zenit-raketa majmuasi uçun möljallangan raketa) böyiça mahsulot qabul qiliş jurnalida qayd etilgan raketaning harakatlanişi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Vazirlikning raketa-artilleriya boş boşqarmasi boşliği general-leytenant Nikolay Parşinning sözlariga köra, raketa 1986 yil dekabrda Prikarpat harbiy okrugi tarkibida bölgan Ukraina SSR Ternopol oblastida joylaşgan 223-zenit-raketa brigadasiga jönatilgan.

Keyinçalik 223-brigada 223-zenit-raketa polki deb nomlana boşlagan va hozirda Striy şahrida (Ukraina) joylaşgan.

Raketa Ukraina harbiy kuçlariga tegişli va Rossiya hududiga qaytarilmagan, dedi Parşin.

Foto:  RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MN17 reysi bilan uçayotgan Malayziyaning Boeing-777 samolyoti 2014 yil 17 iyulda Ukraina şarqida Donetsk yaqinida halokatga uçragandi. Samolyotda bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan. 

Kiyev fojiada isyonçilarni aybladi. Ular esa bunday balandlikdagi havo kemasini urib tuşiradigan vositaga ega emasligini bildirişdi.

Xalqaro ekspertlar guruhi Boeing urib tuşirilgan "Buk" zenit-raketa majmuasi Rossiyadan Ukrainaga olib ötilganini, söngra yana qaytarib Rossiyaga olib ketilganini bildirdi.

Moskva esa suriştiruv xulosasi faqatgina Ukrainadan olingan ma'lumotlar asosida çiqarilganini bildirdi va bu ayblovni asossiz deb atadi.