Turkmaniston turli sinfdagi va turdagi kemalar qurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Turkmaniston vazirlar mahkamasi yiğilişida ma'lum qilindi.
Vazirlar mahkamasi raisining transport-kommunikatsiyasini nazorat qiluvçi örinbosari M.Çakiyevning aytişiça, ayni vaqtda respublikadagi “Balkan” kemasozlik va ta'mirlaş zavodida uçta kema – “Turkmaniston” va “Mahtumquli” yuk kemalari va “Bitarap” neft tankeri ta'mirlanmoqda.
Yaqin istiqbolda turli sinfdagi va turdagi kemalarni quriş rejalaştirilmoqda. Ular orasida ğildirakli texnikani (avtomobillar, yuk maşinalar, tirkamalar va vagonlar) taşiş uçun RO-RO paromlari bor.
Çakiyev Boeing 737 MAX 7 samolyotlarini sotib oliş haqidagi loyihani ham taqdim qilgan. U mamlakat prezidentining sözlarini keltirib ötib, mamlakat transport siyosati transport majmuasi quvvatlarini oşiriş va milliy dengiz floti salohiyatini kengaytirişni talab qilişini aytgan. Bunda “Balkan” zavodi mahalliy kemasozlikni rivojlantiriş uçun asos bölişi lozim. Çakiyev tegişli mutaxassislarni mamlakatda va xorijda tayyorlaş muhimligiga e'tibor qaratgan.












