«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu A Seriyaning 4-turi doirasida «Sassuolo»ga qarşi öyinning 50-daqiqasida hisobni oçdi.

Bu gol uşbu 33 yoşli portugaliyalik futbolçi uçun «Yuventus» safidagi ilk gol böldi.

Öyinning 65-daqiqasida u dublni rasmiylaştirdi.

Ronaldu şu yil yozida Madridning «Real» klubidan «Yuventus»ga 112 mln yevro evaziga ötgandi. U dastlabki turlarda faqat bir golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Qayd etiş kerakki, Ronaldu keyingi ikki hafta davomida «Yuventus» bilan qat'iy tartibda şuğullandi. Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi ham yangi jamoasiga moslaşib olişi uçun uni terma jamoa yiğiniga jalb etmadi.