Afrika Çempionlar Ligasi çorakfinalidan örin olgan Angolaning «Primeyru di Agoştu» va Kongoning «Mazembe» klublari örtasidagi bahs fojia bilan tugadi.

15 sentabr kuni Luanda şahrida ötgan bellaşuvda köplab muxlislar stadionning yopiq darvozasi oldiga töplanib qolişgan. Natijada tiqilinç yuzaga kelgan. Darvoza oçib yuborilgaç esa taşqariga yopirilgan odamlar politsiya otlarining oyoqlari ostida qolib ketişgan.

Natijada, kamida 5 nafar odam halok bölgan va 7 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Angola sport federatsiyasi xabariga köra, jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatilib, uyiga javob berib yuborilgan.











