Toşkent şahrining Bektemir tumanida yirik yonğin sodir böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Bugun, 25 may kuni soat 02:30 da Toşkent şahar Bektemir tumani «Mirişkor» MFY Çirçiqböyi köçasida joylaşgan tadbirkorlik sub’yektiga qaraşli hududda çiqindi moy mahsulotini qayta işlaş vaqtida siğim yorilib ketişi natijasida yonğin yuzaga kelgan.
Şunga köra, 8 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 02:32 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 03:09 da örab olingan va soat 03:16 da öçirilgan.
Yonğin natijasida 150 kvadrat metr maydonda çiqindi moy mahsulotlari yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.
















