Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 15 sentabrdagi buyruğiga asosan Odilbek Rustamoviç Isoqov moliya vazirining maslahatçisi, Moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Odilbek Isoqov 1981 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, 1998-2000 yillarda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan.

Buyuk Britaniyadagi Mançester Metropolitan Universitetining Biznes Iqtisodiyoti böyiça bakalavri (BA in Business Economics), Stratklayd Universitetining Moliya böyiça magistr (MSc in Finance) darajalariga hamda Malakali Moliyaviy Tahlilçi (CFA - Chartered Finance Analyst) kvalifikatsiyasiga ega.

Odilbek Isoqov dunyoning eng yirik banklaridan biri HSBC bankidagi 12 yillik mehnat faoliyati davomida Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan işlaş böyiça investitsiya bankiri sifatida tajriba orttirgan. Markaziy va Şarqiy Yevropa, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Yaqin Şarq va Afrika davlatlari va davlat taşkilotlari uçun jahon moliya bozorlarida qimmatli qoğozlar (obligatsiyalar, kredit notalar) çiqarişni va banklar sindikatidan kredit olişni taşkil etiş bilan şuğullangan. 2011 yildan beri umumiy qiymati 115 milliard AQŞ dollaridan ortiq 70dan ortiq muvaffaqiyatli qöşma loyihalarni boşqargan. 

2016 yil mart oyidan hozirgaça HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uçun jahon moliya bozorlarida qimmatli qoğozlar çiqarişni taşkil etiş boşqarmasi direktori (London, Buyuk Britaniya) lavozimida işlab kelgan. 

Nufuzli “GlobalCapital” naşrining “Jahon moliya bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan işlaş böyiça eng yaxşi bankir” unvoni uçun 3 karra nominatsiya sazovori bölgan.