Bugun yevrokuboklarga ham katta öyinlar qaytmoqda. 18 sentabr kuni Çempionlar ligasida guruh bosqiçi start oladi. Bugun muxlislarni 4ta guruhda 16 jamoa iştirokidagi 8ta töqnaşuv kutib turibdi.
Bu safar taqvimda muxlislar uçun juda yaxşi özgariş kutmoqda. Gap şundaki, endi tur öyinlaridagi bir kundagi 8 öyindan 2tasi 2soat ertaroq boşlanadi. Ya'ni endi, faqat Şarqiy Yevropada öyinlar bölganda emas, balki har turda muxlislar ketma-ket ikki öyinni jonli tomoşa qilişlari mumkin. Bugun «V» guruhida «Barselona» – PSV hamda «Inter» – «Tottenhem» öyinlari şu yangi vaqtda, ya'ni Toşkent vaqti bilan soat 22:00da boşlanadi.
1-turning birinçi kunidagi qiziqarli uçraşuvlar anonsini e'tiboringizga havola qilamiz.
A guruhi – «Atletiko» uyidagi final orzusida
Öz mamlakatida har tomonlama ustun grand klublar borligiga qaramasdan, töğri menejment va murabbiylar yordamida ularga qarşilik körsata olayotgan va yevrokuboklarda ham muvaffaqiyatli töp surgan, xullas bir-biriga juda öxşaş bölgan uç klub bir guruhda töplangan. Tabiiyki, pley-off uçun kuraş bu davrada juda qizğin keçadi va har turda raqiblarning özaro töqnaşuviga guvoh bölamiz. Tağin kim biladi, balki «Bryugge» ham öz sözini aytib qolar. Esingizda bölsa, ötgan yil «Atletiko» iştirok etgan öxşaş guruhda («Çelsi», «Roma») guruh masalasini kutilmaganda «Qoraboğ» hal qilib yuborgandi. Ya'ni, aynan ozarboyjonliklarga qarşi natija körsata olmagan jamoa yakunda pley-offga çiqa olmagandi.
Birinçi turdagi e'tiborli öyin Monakoda keçadi. Simeonening iştiyoqi Jardimning şijoatiga qarşi keladi. Har ikki jamoa mavsumni köngildagidek boşlay olmaganliklarini e'tirof etiş kerak. Ilk öyinda «Rayo Valekano» ustidan ğalaba qozongan madridliklar keyingi 3 öyinda muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Simeone şogirdlarining omadsizligini çindan omadsizlik desak, «Monako» Fransiyada sönggi 4 öyinda ğalabaga erişa olmaganining obektiv sabablari bor.
«Monako»ning biratöla 8 futbolçisi jarohatdan tiklanib ulgurmagan. Faqatgina Radamel Falkaoni bu öyin uçun oyoqqa turğazişning imkoni böldi xolos. Bugun jamoaga yordam bera olmaydiganlar içida Subaşiç, Roni Lopeş, Yovetiç kabi yetakçi futbolçilar ham, Golovin kabi yangi transfer qilingan futbolçilar ham bor.
Şuningdek, «Atletiko»ning yozdagi yirik xaridi Lemarning sobiq jamoasiga qarşi qanday öyin körsatişi ham öyinga qöşimça intriga yuklasa kerak. Albatta, Radamel Falkaoning ham avval aynan «Atletiko»da porlaganini ham heç kim unutgani yöq.
Mavzuga oid
«Bryugge» - «Borussiya» D 18 sentabr. Bryugge. «Yan Breydel» stadioni. 23.55 (Matç Futbol 1) Yöqotişlar: Mata (jarohat), Nikamba (söroq ostida) – Emer Toprak (jarohat), Alkaser, Rafael Gerreyru (barçasi – söroq ostida) Hakam: Makkeli (Niderlandiya).
Bu guruhga bemalol «Ronaldo jamoalari» nomini bersa böladi. Maşhur braziliyalik Ronaldo öz vaqtida «PSV», «Inter» va «Barselona» klublari şarafini himoya qilgan va endi bu uç klub guruh bosqiçida özaro töqnaş keladi.
Guruhda «Barselona»ning favorit ekaniga heç kimda e'tiroz yöq, farqi, oldingi mavsumlardan farqli ravişda, endi kataloniyaliklar har öyinga jiddiy yondaşişlari talab etilar balki. Çunki, keyingi bosqiçga çiqişni öziga juda muhim vazifa ölaroq qöygan kamida ikki jamoa bor guruhda.
«PSV»ni qavs içiga olib tursak, birinçi turda Milandagi uçraşuv markaziy öyin bölişi tabiiy. Guruhda «Barselona»ga raqib (yoki şerik) bölişi mumkin bölgan asosiy jamoalar ilk turdayoq hisob-kitobni boşlab yuborişadi. Umuman, «Inter» va «Tottenhem» öyinlari Yevropa futboliga juda yorqin lahzalarni taqdim etganini heç kim unutmagan bölsa kerak. Maykon – Beyl dueliga aylanib ketgan 2010 yilgi YeÇL öyinlari, masalan. Ayniqsa, Milanda ötgan öyin (4:3) uzoq vaqt muxlislarning oğzidan tuşmagandi.
2012/13 yilgi mavsumda Yevropa Ligasidagi ikki öyin ham ssenariy böyiça, ham oxirida yuzaga kelgan intriga böyiça, avvalgisidan qolişmaydi. Inglizlar dastlabki öyinni öz maydonlarida 3:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlaşgan, ammo javob öyinida «Inter» xuddi şu hisobni qayd etib, töqnaşuvni qöşimça vaqtlarga olib borgandi. Qöşimça bölimlarda tomonlarning bittadan goli yakunda safardagi gol qoidasi böyiça «Tottenhem»ning ustunligini ta'minlagandi.
Yozda Vrsalko, Bakoyoko, Nainggolan, Asamoa, De Vrey kabi e'tiborli transferlarni amalga oşirgan «Inter» yangi mavsumda «Yuventus»ga qarşilik qilişi mumkin bölgan asosiy da'vogar sifatida tilga olingandi. Ammo har doimgidek, milanliklar dastlabki turlarni beqaror ötkazişdi, Spalletti şogirdlari «Parma», «Sassuolo» kabi örtamiyonalarga yutqazib qöyişdi. «Tottenhem»da ham hammasi köngildagidek emas, 4 ğalabadan keyin qabul qilingan ikki mağlubiyat Poçettinoning ham kayfiyatini tuşirib yuborgan. Har ikki tomondagi salbiy kayfiyat ham ijobiy, ham salbiy ta'sir qilişi mumkin – natijasi bugun oqşom ma'lum böladi.
Tarkibdagi yöqotişlar borasida «Tottenhem»ning muammosi jiddiyroq. Dele Allining yöqligi jamoa öyiniga qay darajada ta'sir qilişini «Liverpul»ga qarşi öyinda ham kördik. Poçettino şuningdek, Alderveyreld va Tripeni Milanga olib ketmadi. «Bu ğirt texnik qaror, boşqa gapim yöq, texnik sözini ma'nosini luğatdan körib olaveringlar», deb izohladi Poçettino. Biz odatda eng tuşunarsiz holatlarda yoki haqiqiy sabab aytilgisi kelmayotgan paytlarda bu söz işlatilişiga örganib qolganmiz.
Spaletti Vrsalko yordamidan foydalana olmaydi, ammo Ikardining safga qaytişi aniq.
«Inter» yoki «Monako»ning öz guruhlarini qizitib yuborişlariga umid qilişimiz optimistik kayfiyatdan kelib çiqayotgan bölsa, aslini olganda haqiqiy ölim guruhi «S» guruhidir. Asosiy maqsad sifatida YeÇL ğolibligini tanlab, bu yölda milliardlab sarflagan «PSJ», 1990-yildan buyon eng yaxşi startini amalga oşirib, balki «Klopp himoyani töğirlay olmaydi» degan farazdan qutulayotgan «Liverpul», ötgan mavsumda deyarli çempionlik grafigida oçko yiğib, lekin çempion böla olmagan «Napoli»... Klopp, Ançelotti, Tuxel – hammasi bir guruhga siqqanini qarang.
«Liverpul» himoyasi haqida gap ketdi, lekin nazarimizda haqiqiy sinov bugun bölib ötadi. Butun Angliya qoyil qolayotgan Robertson, Gomes va Aleksandr-Arnoldning haqiqiy saviyasi bugun, Mbappe, Di Mariya, Kavani, Neymardan iborat hujum çiziğiga qarşi qanday öyin körsatişi qiziq bölsa kerak.
Bu öyinni şuningdek, «Dortmund derbisi» deb ham ataş mumkin. Klopp Dortmundda ajoyib jamoa tuzdi, Tuxel esa, öşa jamoani keyinroq, inqirozdan olib çiqib, yana yuqori poğonalarga qaytara oldi. Germaniyada ham, Yevropada ham bu ikki mutaxassis, ularning uslubi juda köp soliştiriladi, Dortmundda aynan qaysi biri çiroyliroq futbol qurgani haqida munozaralar tinmaydi. Bugun bu ikki murabbiy endi Yevropada, ikki top-klub boşida qarama-qarşi keladi. Bu murabbiylarning oldingi töqnaşuvlari ikki yil oldin bölib ötgan. Yevropa Ligasidagi «Liverpul» va «Borussiya» örtasidali dramatik çorak final yodingizda bölsa kerak.
«Agar öyin duşanba kuni bölganida, Firmino aniq maydonga tuşmasdi», – dedi Yurgen Klopp. Demak «Tottenhem»ga qarşi öyinda közidan jarohatlangan braziliyalik hujumçining bugungi öyinda maydonga tuşişi ham söroq ostida. Mehmonlar tarkibida esa, Buffon va Veratti diskvalifikatsiya tufayli öynay olişmaydi. Qiziği, har ikki futbolçi ötgan mavsum YeÇLda «Real»ga qarşi öyinlarda qizil kartoçka olişgan.
Bu guruhdagi hamma jamoa xursand bölişsa kerak. Çunki har bir jamoaga kutilganidan oson raqiblar töğri keldi. Şu bilan birga bu guruhda keyingi bosqiç uçun kuraş juda qizğin bölişini va har bir öyin öziga xos tarzda juda qiziqarli ötişini ta'minlaşi ham mumkin.
Agar grand jamoalarning hisob-kitobli, salobatli öyinlaridan zeriksangiz, bu guruhdagi har qanday öyini tanlang, zerikmaslik ehtimoli yuqori.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi