Jamiyat | 09:06 / 18.09.2018
16045
3 daqiqa o‘qiladi

“Sirdaryopaxtasanoat” tizimida o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyati aniqlandi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 10 sentabr kuni Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari o‘tkazilgan.

“Sirdaryopaxtasanoat” hududiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi rahbari vazifasini bajaruvchisi B.D. Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi “Paxta tolasini topshirish va qabul qilish to‘g‘risida”gi jamiyat ixtiyoriga kirim qilingan dalolatnomalarga asosan, 55587,5 kg. va 204066,5 kg. paxta tolasini, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 fevraldagi “O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida mahalliy to‘qimachilik korxonalariga paxta tolasini birja savdolari orqali sotilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu qaror talablarini qo‘pol ravishda buzib, 2018 yil 27 iyul kuni birja savdolarida 260 tonna paxta tolasining qiymati 3 mlrd. 993 mln. 770 ming 913,60 so‘m bo‘lishiga qaramasdan, 2018 yil 1 avgust kuni “Sarbonteks” mas'uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga past narxda, ya'ni 1 mlrd. 500 mln. so‘mga sotish haqida soxtalashtirilgan qalbaki shartnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishga va jamiyat hisob raqamiga 1 mlrd. 350 mln. so‘m pul mablag‘larini tushirishga erishib, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdordagi 2 mlrd. 643 mln. 770 ming 913,60 so‘mlik moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 10 sentabr kuni Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan B.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish: juda ko‘p miqdorda), 228-moddasi 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish: hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish), 228-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish: soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid