Venesuelada prezident Nikolas Maduro haqida hajviy video suratga olib, unda prezidentni “eşak” deb atagan ikki öt öçiruvçi qölga olindi. Ularga uşbu işlari uçun 20 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda, deb ma'lum qildi The Independent naşri. 

Videoda eşak öt öçiriş bölimi böylab yetaklab yurilib, kadr ortidagi ovoz eşakni “prezident”ligini, u bu joyda ötning sifatini tekşirayotganini aytadi. Gap şundaki, Maduro familiyasiga qofiyadoş burro, ya'ni ispançadan “eşak” sözi sababli raqiblari orasida şunday laqab olgan.    

Video mualliflari topilib, hibsga olingan. Ta'kidlanişiça, ikkala ayblanuvçi ham öt öçiriş xizmatida 10 yildan köproq işlagan bölib, ular olgan video hazil xarakterida bölgan.

Biroq ularning uşbu harakatlari “oğir oqibatlarga olib keluvçi adovatni qözğaş” qonunbuzarligi sifatida baholangan. Mamlakatda tegişli qonun 2017 yilda joriy qilingan. Undan maqsad irqiy, milliy, diniy va boşqa turdagi adovatning oldini olişdan iborat. Biroq jahon ommaviy axborot vositalari bu qonunni mamlakatdagi mediahududni töliq nazorat qilişga uriniş deb ta'kidlaydi.