Odatda bojxonaçilar benzin, dizel kabi tayyor yoqilği mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga doir köplab qonunbuzarliklarni foş qilişgan. Ammo, Farğonada bu gal aniqlangan holat esa oçiği amaliyotda kamdan kam kuzatilgan, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.

Farğona viloyati bojxona boşqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.X. boşqaruvida bölgan “Kobalt” rusumli avtomaşina Farğona şahar hududida töxtatilib, közdan keçirilganda, avtomaşina salonida polietilen qoplarga joylangan 710 litr neft mahsuloti ortilganligi aniqlangan.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Odatda neft murakkab texnologiyalar asosida zavodlarda qayta işlanadi. Ammo, neftning noqonuniy aylanmasi foş etilişiga qaraganda, “uddaburon”lar endi uni qölbola tsehlarda qayta işlaşga kirişgan körinişadi. Bundan-da muhimi, ular bu xom aşyoni qayerdan olişgan?

Bu savollarga uşbu holat yuzasidan davom ettirilayotgan tekşiruvlar davomida javob topiladi.