Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi Qonunda quyidagilarning ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan, deb yozmoqda “Huquqiy axborot”. 

Ular:

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;

sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar; 

ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar.

Yaqin qarindoshining sudlanganligi ichki ishlar organlariga xizmatga kirishda to‘sqinlik qilmaydi.