Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiyaga go‘sht olib kirish taqiqlanishi mumkinligi sababli O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
Foto: Forbes Kazakhstan
Agar Rossiyaga chorvachilik mahsulotlarini olib kirish taqiqlanadigan bo‘lsa, qozog‘istonlik fermerlar boshqa bozorlarni qidirish niyatida. Xitoy va O‘zbekiston varianti ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi Astana TV.
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qozog‘istondan Rossiyaga chorvachilik mahsulotlari olib kirishni ehtimoliy taqiqlash holati tushunmovchilik, deb izohlandi. Qozog‘istonlik mutaxassislar allaqachon Moskvaga jo‘nab ketishgan, u yerda ular muzokara o‘tkazadilar, deya ma'lum qildi hukumatdagi matbuot anjumanida qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari.
«Terra» kompaniyasi rahbari Daulet Axmetkaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Orenburgdagi kombinat ularni mahsulotlarni qabul qilmasligini haqida xabardor etgan. Boshqa bozorlarga yetkazib berish qo‘shimcha transport xarajatlarini talab qiladi. Joriy yilda Ko‘stanay oblasti 300 tonnadan ortiq go‘shtni eksport qildi. Ba'zi fermerlar Rossiyaga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzdilar.
«Aftidan, qandaydir tushunmovchilik bor. Barcha shartnomalar, kerakli jarayonlarga amal qilmoqdamiz. Shu sababli, haftaning oxiriga kelib, bu masalaga yechim topilishi mumkinligiga ishonchim komil. Eslatib o‘taman, Rosselxoznadzor 1 noyabrdan boshlab Qozog‘istondan barcha chorvachilik mahsulotlarini import qilishga taqiq kiritdi. Buning sababi, mahalliy yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda go‘shtning kelib chiqishini aniqlash imkoni bo‘lmayapti. Boshqacha aytganda, eksport to‘liq kuzatilmayapti. Ushbu mahsulotlar Rossiya iste'molchilarining sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi, deya ma'lum qilishgan idoradan. Moskvadagi tahlildan so‘ng hujjatsiz chorvachilik mahsulotlari «sanksiya» davlatlaridan olib kirilishi mumkin degan, xulosaga kelishdi», - deydi Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Arman Yevniyev.
Mavzuga oid
20:30 / 31.01.2026
Go‘sht yana qimmatlasha boshladi. O‘tgan yilda ham narxlar keskin oshgandi
16:43 / 23.12.2025
Oltin sotish to‘xtadi, go‘sht importi keskin o‘syapti, elektr sotish 58 foizga oshdi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
13:20 / 10.12.2025
Limon, go‘sht, metan. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar va xizmatlar
15:06 / 22.11.2025