Polşa prezidenti Anjyey Dudaning ma'lum qilişiça, mamlakat hududida AQŞ doimiy harbiy bazasini joylaştiriş uçun 2 mlrd dollar ajratişga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

Dudaning sözlariga köra, Polşa tomoni harbiy baza uçun «milliardlab dollar» tölaşga tayyor, uning faoliyat körsatişi böyiça xarajatlarni esa Amerika tomoni öz böyniga olişi kerak.

«Biz tayyorgarlik körişga, amerikalik askarlar joylaşişi mumkin bölgan bunday joyni tayyorlab qöyiş uçun özimizga moliyaviy majburiyat olişga tayyor ekanimiz haqida ança avval ma'lum qilgandik», - deya ma'lum qildi Duda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atagandi.