Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar temir yo‘l kompaniyalari rahbarlari o‘zaro muzokara o‘tkazdi
19 sentabr kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar temir yo‘llari ma'muriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Xitoyning Tsindao shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvidagi tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Unda Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya va Tojikiston temir yo‘llari ma'muriyatlari rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, majlisda ShHTda kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mongoliya temir yo‘llari rahbar va mutasaddilari, ShHT muloqot bo‘yicha hamkori Ozarbayjon temir yo‘llari raisi, ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari Se Syaoyun qatnashdi.
Ushbu uchrashuvda transport xizmatlari bozorini kengaytirish, temir yo‘l sohasi imkoniyatlarini shakllantirish, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, tarif siyosati bo‘yicha muzokalar olib borildi. Shuningdek, ShHTga a'zo davlatlar hududida yangi iqtisodiy xalqaro koridorlarni yaratish, dengiz portlariga chiqish imkoniyatlari xususida ham so‘z yuritildi.
Logistik markazlar tizimini yaratish va undan keng foydalanish, ShHTga a'zo davlatlar eksport va import yuklarini jahon bozorlariga olib chiqish jarayonida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi. Tadbirda temir yo‘l transporti infratuzilmasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliya tizimlari ishtirokida yangi temir yo‘l transport koridorlarini yaratish, yuk tashish imkoniyatlarini oshiradigan, muhimi, dengiz portlariga chiqishni ta'minlaydigan yangi loyihalarni ishga tushirish masalasi ham muhokama qilindi.
20-21 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya yakunida sohaga oid hujjatlar imzolanadi. Mazkur hujjatlar transport infrastrukturasining rivojlanishini ijobiy shakllanishiga, yo‘l qurilishi va transport-logistik markazlar yaratilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:44
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026