Ukraina Xavfsizlik xizmati özini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» boş vaziri Sergey Kozlovni qidiruvga berdi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.

«Bu hurmatga ega bölmagan odam hozirda Ukraina adliya tizimidan vaqtinçalik egallab olingan Lugansk oblasti hududida yaşirinmoqda, u qidiruvga berildi. Milliy hamda jamoat xavfsizligi asoslariga qarşi jinoyatlar uçun oçilgan jinoiy iş materiallari sudga yuborildi», - deya ma'lum qilişdi mahkamadan.

Şuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmatidan taxmin qilişlariça, fuqarolik himoyasi xizmati sobiq polkovnigi Kozlovda «LXR»da aql bovar qilmas darajadagi karera ösişi soğlom aqlni almaştirdi». U avvaliga «LXR» xalq militsiyasi ştabiga rahbarlik qildi, söng özini mustaqil deb e'lon qilgan respublika boş vaziriga aylandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya FXXning Donbassda paydo bölişi tuşuntirib berilgandi.