Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) boş konferensiyasining 62-yillik sessiyasida iştirok etmoqda, deb xabar berdi Özbekiston TIV matbuot xizmati.
Sessiya 17-21 sentabr kunlari Vena şahrida bölib ötadi.
Xabarda aytilişiça, Özbekiston tomoni boş konferensiya qatnaşçilarini şu yilning 7 sentabr kuni Moskvada Özbekiston va Rossiya örtasida respublika hududida atom elektr stansiyasini quriş böyiça hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim imzolangani hamda bu yönalişdagi işlar boşlangani haqida xabardor qildi.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari loyihani amalga oşirişda MAGATE tavsiyalari va uşbu sohadagi xalqaro me'yor va qoidalarga qat'iy rioya qilinişi ta'minlanişini bildirdi.
Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasining xabar qilişiça, MAGATE boş konferensiyasining 62-yillik sessiyasida iştiroki doirasida Özbekiston delegatsiyasi MAGATE rahbariyati va boşqa davlatlar hamda kompaniyalar vakillari bilan atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasida hamkorlik qiliş masalalari böyiça muzokaralar ötkazişni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini quriş böyiça kelişuvga erişilgan bölib, mazkur kompleks 2ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt böladi. Atom elektr stansiyasi uçun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Uni 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilgan.












