2018/19 yilgi Chempionlar Ligasi 1-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

Musobaqaning amaldagi g‘olibi "Real Madrid" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Madridliklarning gollariga Isko, Beyl va Mariano Dias mualliflik qildi. 

"Manchester Siti" esa o‘z maydonida kutilmaganda "Lion"ga mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Korne hamda Fekir urgan gollarga "Siti" tarkibida Bernardu Silva 1ta gol bilan javob bera oladi. 

O‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qilgan "Valensiya" 0:2 hisobida yengildi. Birinchi bo‘limning so‘ngida hamda 51-daqiqada Pyanich penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

E guruhi
Benfika Portugaliya – Bavariya Germaniya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10 Levandovski, 0:2 – 54 Sanshesh.
Benfika – Vlaxodimos, Andre Almeyda, Grimaldo, Diash, Jardel, Pitstsi (Rafa Silva, 62), Jyedson Fernandesh (Jivkovich, 76), Servi, Feysa, Salvio (Pires, 62), Seferovich.
Bavariya – Noyyer, Xummels, Kimmix, Boateng, Alaba, Riberi (Gnabri, 62), Sanshesh, Xames (Gorettska, 79), Robben, Martines (Myuller, 88), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kimmix (18), Feysa (22), Jardel (39), Xummels (52).

F guruhi
Manchester Siti Angliya – Lion Fransiya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 26 Korne, 0:2 – 43 Fekir, 1:2 – 67 Bernardu Silva.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Delf, Silva, Fernandino, Bernardu Silva, Gyundogan (Sane, 55), Sterling (Marez, 76), Gabriel Jyezus (Aguero, 63).
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Mendi, Rafael (Dyubua, 76), Denayyer, Fekir (Tuzar, 79), Diop, Korne (Traore, 90), Auar, Depay, Ndombele.
Ogohlantirishlar: Fekir (77), Aguero (90), Traore (90).