Ferrari markasining yangi rahbari Lui Keri Kamileri VIP-mijozlar uçun möljallangan yopiq marosimda markaning çeklangan miqdorda işlab çiqariladigan ikkita yangi eksklyuziv modeli – Monza SP1 va Monza SP2’ni taqdim qildi.

Uşbu modellar özidan tomsiz va old oyna örniga kiçik tösiq bölgan sport avtomobillari – barkettni aks ettiradi. Maşinalar Ferrari 812 Superfast superkari negizida qurilgan, biroq kuzov dizayni 1950-yillardagi poyga “Ferrari”lari uslubida bajarilgan. Modellar nomidagi SP yozuvi odatdagidek Special Projekt – “Maxsus loyiha” deganini, 1 va 2 raqamlari esa maşinadagi örindiqlar sonini anglatadi. 

Maşinalar kuzovi ugleplastikdan işlanganiga qaramay, ularni 1525 kg keladigan 812 Superfast’dan yengilroq deb bölmaydi: Monza SP1’ning oğirligi 1500 kgni, SP1’niki esa 1520 kgni taşkil qiladi. Maşinalarda 810 ot kuçiga ega 6,5 litrli, 12 silindrli motor örnatilgan. 

Maşinalarning dinamik körsatkiçlari 812 Superfast’nikiga nisbatan umuman özgarmagan: modellar turgan holatdan 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada, 200 km/tezlikka esa 7,9 soniyada erişadi. 812 Superfast’ning maksimal tezligi 340 km/soatni taşkil qiladi, yangi modellar uçun esa bu körsatkiç “300 km/soatdan köproq” deb mavhum tarzda körsatilgan. Modellar çeklangan miqdorda – 100 donadan işlab çiqariladi.